Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyida "Kafedra kunlari" doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyida "Kafedra kunlari" doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi. 

2025-yilning 15-aprel kuni "Muhandislik asoslari va mexanika" kafedrasi mudiri v.v.b. M.Yu.Raximov va professor-o‘qituvchilari institut talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi. 

Tashrif chog’ida talabalar bilan ta'lim olish jarayonidagi mavjud muammolar haqida suhbat olib borildi. Talabalar o’quv jarayonida kuzatilayotgan mavjud muammolarning yechimlari haqidagi barcha savollarga professor-o’qituvchilardan javob oldilar.

Institutda ta'lim olayotgan talabalar orasida mavjud chin yetim, boquvchisini yo’qotgan, kam ta’minlangan, "Temir daftari»ga kiritilgan, I yoki II guruh nogironlari, surunkali kasallik bilan davolanadigan, xorijdan kelib o’qiyotgan, oilasida 2 yoki undan ortiq farzandi shartnoma asosida o’qiyotgan talabalariga ustuvorlik berilishi haqida tushintirish berildi. 

Shuningdek yaqinlashib kelayotgan joriy nazorat va yakuniy nazorat haftalariga talabalar kafedra professor- o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan muhadislik va kompyuter grafikasi, texnik mexanika, materiallar qarshiligi, asosiy texnologik jarayon va qurilmalar va issiqlik texnikasi fanlaridan puxta tayyorlanish, hozirdan ulgurmagan yoki bajarilmagan vazifa va topshiriqlarni oxiriga etkazish zarurligi ta’kidlandi. Professor-o’qituvchilar tomonidan Talabalar turar joyidagi o’gil bolalar va talaba-qizlar oshxonalari, yashash xonalari ko'zdan kechirildi.

Tashrif davomida professor-o’qituvchilar xisob chizma ishlari, kurs loyiha ishlarini bajarish bilan band bo'lgan talabalarga kerakli maslahat va ko'rsatmalarini berishdi.