Toshkent kimyo-texnologiya instituti, "Sanoat muhandisligi va menejmenti" fakultetida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbatda Shayxontohur tumani, IIO FMB ATSJOOB inspektori N.Suvonova, katta leytenant Sh.Islomov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Kenjayev hamda fakultet tyutorlari, talabalari ishtirok etdilar.
14-yanvar — jasorat, mardlik va fidoyilik timsoli bo‘lgan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali davra suhbati tashkil etildi. Ushbu qutlug‘ sana yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlab kelayotgan mard o‘g‘lonlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va e’tirof ifodasidir.
Tadbirning bayram qismida Vatan madh etilib, tinchlikning qadr-qimmati, harbiy xizmatning sharaf va mas’uliyati haqida samimiy so‘zlar yangradi. Fidoyi Vatan himoyachilariga chuqur minnatdorlik bildirilib, ularning jasorati va matonati barchamiz uchun ibrat ekani ta’kidlandi.
Shundan so‘ng davra suhbati davomida yoshlarga vatanparvarlik, harbiy burch bilan birga bugungi kunning dolzarb masalalari — kiberxavfsizlik va narkokuryerlik xavflari bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.
Kiberxavfsizlik bo‘yicha yoshlar internet makonida hushyor bo‘lish, shaxsiy ma’lumotlarni asrash, yolg‘on va’dalar va kiberfiribgarliklardan ehtiyotbo‘lish lozimligi haqida ogohlantirildi.
Narkokuryerlik mavzusida esa oson pul orttirish niqobi ostidagi jinoyatlarning og‘ir oqibatlari, ularning inson hayoti va kelajagiga soladigan katta zarari haqida aniq misollar orqali tushuntirildi.
Tadbir yakunida Vatan himoyasi nafaqat qurol bilan, balki bilim, ong, hushyorlik va qonunlarga sadoqat bilan ham amalga oshirilishi alohida qayd etildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarda yurtga muhabbat, mas’uliyat va kelajakka ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
Vatanimiz tinch bo‘lsin, osmonimiz musaffo, himoyachilarimiz doimo sog‘-salomat bo‘lsin!