Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xotin-qizlar kengashi raisi, xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari tomonidan talabalar turar joyida yashovchi qizlar holidan xabar olindi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xotin-qizlar kengashi raisi, xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari tomonidan talabalar turar joyida yashovchi qizlar holidan xabar olindi.

2025-yilning 25-sentabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi G. Aripova va fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari tomonidan Talabalar turar joyiga qabul qilingan talaba-qizlar bilan uchrashuv chog'ida asosiy maqsad ulardagi mavjud muammo va kamchiliklar bilan tanishish va bu kamchiliklar yechimini topishga ko’maklashishdan iborat bo’ldi.  

Ushbu o'rganish davomida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Shuningdek, talabalarning bo'sh vaqtlarida qanday mashg'ulotlar bilan band ekanliklari va muammolari o'rganildi 

Talaba-qizlarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish kerakligi, xususan, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, turli kasb va hunarlarga oid bilim va ko‘nikmalarini boyitish kabi takliflar berildi.

Tashrif mobaynida TKTI Xotin-qizlar kengashi raisi, xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari hamda talabalar turar joy tarbiyachi pedagog Abdulqosimov.M, qavat sardorlari ishtirokida kengash tashkil etildi. Kengashda talaba qizlarga yaratilgan imkoniyatlardan keng va unumli foydalanish lozimligi, talabalarni qiynayotgan muammolar va ularni qiziqtirgan masalalar xususida, shuningdek yashash sharoitlari, gigiyenik talablar va umumiy foydalanish xonalarining tozaligi bo‘yicha ham nazorat ishlari tashkil etildi. Umumiy ovqatlanish oshxonalaridan foydalanish qoidalari, bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, kerakli maslahatlar berildi.