Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Xon atlas" festivali
Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Xon atlas” oyligi doirasida festival ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Tadbir milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlar ongiga milliylikni singdirish va sharqona go‘zallikni targ‘ib qilish maqsadida keng miqyosda nishonlanmoqda.
Festivalda Kimyoviy injiniring fakulteti xotin-qizlar bo‘yicha dekan maslahatchisi, pedagoglar, tyutorlar, xodimlar hamda talaba-qizlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida milliy “Xon atlas” liboslarining betakror namoyishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish, ularni ommalashtirish va sharqona kiyinish madaniyatini targ‘ib etish maqsadida tashkil qilingan ushbu festivalda barcha ayol xodimlar va talaba-qizlar atlas hamda adras matosidan tikilgan milliy liboslarda ishtirok etib, milliyligimiz va sharqonaligimizni keng namoyon etdilar.