Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Mexanik muhandislik (Mechanical Engineering)" qo’shma o’quv kursi boshlandi.
2025-yilning 12-may sanasidan Toshkent kimyo-texnologiya institutida, Italiyaning Milan politexnika universiteti hamda Tomsk politexnika universiteti bilan hamkorlikda "Mexanik muhandislik (Mechanical Engineering)" qo’shma o’quv kursi boshlandi.
O’quv kursini Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti boshlig'i Z.A.Babaxanova va Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektor B.B.Qodirov rasman ochib berishdi.
O’quv kursining birinchi kunida Milan Politexnika universiteti professori Massimiliano Bestetti o'z ma’ruzasini taqdim etdi.
Ma’lumot uchun: kursda 36 nafar ishtirokchi qatnashadi.