Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "O'zsuvta'minot" AJ tizimidagi tashkilotlar xodimlarining 2025 yil uchun 4-guruhiga "Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv tizimida kimyo-bakteriologik tahlil laboratoriya xodimlarini malakasini oshirish" mavzusida o'quv kurslari boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 343 -sonli qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, bugun, Toshkent kimyo-texnologiya institutida "O'zsuvta'minot" AJ tizimidagi tashkilotlar xodimlarining 2025 yil uchun 4-guruhiga "Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv tizimida kimyo-bakteriologik tahlil laboratoriya xodimlarini malakasini oshirish" mavzusida o'quv kurslari boshlandi.

Tadbirni, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo'yicha prorektor Qodirov Bobiromon Bekmurodovich ochib berdi. Tadbirda, "O'zsuvta'minot" AJ bosh mutaxassisi Murashkino Olga Valentinovna, Sanoat ekologiyasi kafedrasi mudiri Igitov Farrux Baxtiyarovich, professor-o'qituvchilar va tinglovchilar ishtirok etdilar.

Ushbu kurslarda institutimizning "Sanoat ekologiyasi" kafedrasi hamda kafedralardan bir qator professor-o'qituvchilar "O'zsuvta'minot" AJ tizimidagi xodimlar uchun tashkil etilgan dars mashg'ulotlarini olib borishadi.