Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti olimlari Xitoyda ilmiy tadqiqot olib bormoqda

Toshkent kimyo-texnologiya instituti olimlari Xitoyda ilmiy tadqiqot olib bormoqda

Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi” fakulteti huzuridagi “Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va doktorantlari Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli ilmiy muassasasi — Jiangnan University (Food Science and Engineering laboratoriyasi)da ilmiy safarda bo‘lib turibdi.

Ushbu tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston–Xitoy” xalqaro qo‘shma granti doirasida tashkil etilgan.

Ilmiy loyihaning mavzusi: “Oziq-ovqat sanoati uchun to'yingan yog' kislotalari kamaytirilgan diglitseridlarga boy mahsus yog'larni ishlab chiqarishning asosiy texnologiyalari bo'yicha tadqiqotlar”. Mazkur loyiha oziq-ovqat mahsulotlarida trans-yog‘ va to‘yingan yog‘ kislotalari miqdorini kamaytirish, sog‘lom oziqlanish talablariga javob beruvchi yangi avlod funksional yog‘ kompozitsiyalarini yaratishga qaratilgan. Tadqiqot natijasida diglitseridlarga boy, texnologik va biologik xususiyatlari yaxshilangan yog‘ turlari ishlab chiqilishi kutilmoqda. 

Ayni paytda ilmiy guruh a’zolari Jiangnan University’ning ilg‘or laboratoriyalarida tajriba-sinov ishlarini faol olib bormoqda.

Ushbu hamkorlik tashabbusi Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Jiangnan University o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirish, shuningdek, yosh olimlar uchun xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.