Joriy yilning 2-iyul kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gaz texnologiyalari fakultetida “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida bitiruvchi kurs talabalariga “Davlat xizmatiga ishga kirish tartibi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Karyera markazi boshlig‘i Abdurahmon Mirkomilov, Fizika va energetika kafedrasi mudiri U.A.Asatov, professor-oʻqituvchilar va bitiruvchi talablari ishtirok etdilar.
Tadbirni Karyera markazi boshligʻi A.M.Mirkomilov ochib berdi hamda yangiliklardan biri bo‘lgan Davlat tashkilotlariga ishga kirishning yangi tartibi bo‘yicha va qolaversa vacancy.argos.uz sayti boʻyicha batafsil ma’lumotlar berib oʻtildi.
Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etishdi va savollarga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.