Toshkent kimyo-texnologiya institutida Institut Kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Kun tartibiga muvofiq, Kengash davomida:
2025 yil yakunlari tahlil qilinib, 2026 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va rejalarning ijrosi yuzasidan soha prorektorlarining batafsil hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilida Registrator ofisining faoliyati natijalari, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar yuzasidan Registrator ofisi boshlig‘i U.Kadirov tomonidan atroflicha axborot berildi.
Edo.ijro.uz elektron tizimi orqali topshiriqlarni sifatli va belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlash holati bo‘yicha Murojaatlar bilan ishlash, ijro intizomini ta’minlash va tahlil bo‘limi boshlig‘i H.Berdiyevning ma’ruzalari tinglanib, ijro intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Kengash davomida institut faoliyatiga oid turli dolzarb masalalar muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etish bo‘yicha tegishli vazifalar yuklatildi.