Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida Sohibqiron merosiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

2025-yilning 9-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida Sohibqiron merosiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu davra suhbatida Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.Begmatov, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, Amir Temurning jasorati, adolatparvarligi va bunyodkorlik faoliyati haqida fikr almashdilar.

“Kuch – adolatda” degan shior bugun ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Sohibqironning boy ma’naviy merosi esa yoshlarda vatanparvarlik, tarixiy xotiraga hurmat va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini mustahkamlaydi.