Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Boku oliy neft maktabi o‘rtasidagi qo‘shma ta’lim dasturi doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Boku oliy neft maktabi hamkorligida tashkil etilgan 1+1 qo‘shma magistrlik ta’lim dasturida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari ishtirokida muhim uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda TKTI Qo'shma ta'lim dasturlari bo'limi boshlig'i Nasiba Xakimova, Boku oliy neft maktabining Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Aysel Rzayeva hamda Strategik rivojlantirish bo‘yicha prorektori Guldana Gidayatli ishtirok etdilar.
Tadbir davomida:
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar;
O‘qish jarayoni, turar joy masalalari, magistrlik dissertatsiya mavzularini tanlash;
Ilmiy rahbarlarni ikki tomonlama kelishish masalalari keng muhokama qilindi.
Ma’lumot o‘rnida:
Mazkur dastur doirasidagi talabalar 2025-yil sentabr oyida Ozarbayjonga jo‘nab ketib, tahsilning 2-bosqichini Boku oliy neft maktabida davom ettiradilar.