Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Talabalarni turar joylar va ijara xonadonlari bo'yicha ma'lumotlar markazi faoliyati o'rganildi.

2025-yilning 16-avgust sanasida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 1-avgustdagi "Oliy ta'lim tashkilotlari talabalarini turar joy bilan ta'minlash chora tadbirlarini amalga oshirish to'g'risidagi" 279-son buyrug'i 1-ilovasiga asosan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Professional ta'limni o'quv-me'yoriy va metodik muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Sohibov Oybek Qo'yliyevich Toshkent kimyo-texnologiya institutida bo'lib Talabalarni turar joylar va ijara xonadonlari bo'yicha ma'lumotlar markazi faoliyati, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatlarini ko‘zdan kechirdi va yanada yaxshilash bo‘yicha o'z takliflarini berdi.