Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya isntituti delegatsiyasi Xitoydagi "Sho'rli-iqqalli yerlarni tuzish va tuzga chiziq o'simliklarni foydalanish" mavzusiidagi simpoziumda ishtirok etishmoqda.

 Toshkent kimyo-texnologiya isntituti delegatsiyasi Xitoydagi "Sho'rli-iqqalli yerlarni tuzish va tuzga chiziq o'simliklarni foydalanish" mavzusiidagi simpoziumda ishtirok etishmoqda.

Mazkur tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, texnika fanlar doktori Dilshod Karabayev hamda Biotexnologiya kafedrasi professori Nortoji Xoʻjamshukurovlardan tashkil topgan institut delegatsiyasi ishtirok etdi. Bu ishtirok ilmiy hamkorlik va innovatsion yechimlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qilu Texnologiya Universiteti va Shandong Fanlar Akademiyasi hamkorligida O‘zbekiston hamda Xitoy (Shandun) o‘rtasida ilmiy-innovatsion hamkorlik doirasida muhim tashabbus ilgari surilmoqda.

Yashil ekologik rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzga chidamli o‘simliklarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shu munosabat bilan, "Sho‘r va ishqorli yerlarda tuzga chidamli o‘simliklarni rivojlantirish va ulardan foydalanish" mavzusida xalqaro seminar va simpozium tashkil etiladi.

Tadbirning asosiy mavzusi "Xitoy (Shandun) – O‘zbekiston hamkorligida sho‘r-ishqorli yerlardan unumli foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda tuzga chidamli o‘simliklarning roli".

Ushbu tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-texnologik aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, ekologik barqarorlik va qishloq xo‘jaligida zamonaviy yondashuvlarni ilgari surish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.