Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Patent-axborot qidiruviga oid tavsiyalar” seminar-treningi bo‘lib o‘tdi
Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi bilan hamkorlikda “Patent-axborot qidiruviga oid tavsiyalar” nomli seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu tadbirda ixtiro va foydali modellarga talabnoma topshirish tartibi, mualliflik huquqi obyektlarini rasmiylashtirish hamda patent olish jarayonida yo‘l qo‘yiladigan xatolarni oldini olish masalalari batafsil muhokama qilindi.
Ochiq muloqot va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan seminarda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda talabalar amaliy bilimlarga ega bo‘lib, ilmiy ishlanmalarni huquqiy jihatdan himoya qilish yo‘llarini yanada chuqurroq o‘rganishdi.