Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi Zominda!

 Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi Zominda!

2025-yil 25-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun Jizzax viloyatining betakror tabiati bilan ajralib turadigan Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi.

Mazkur tashrif institut jamoasining sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xodimlar o‘rtasida mustahkam ijtimoiy muhitni shakllantirish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

Zomindagi tog‘-yon bag‘irlari, so‘lim dam olish maskanlari va tabiat qo‘ynidagi mazmunli dam olish ishtirokchilarga ijobiy taassurotlar bag‘ishladi.

Bunday tadbirlar institut jamoasining birligi, ijobiy ruhiyatini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi va kelgusida ham an’anaviy tarzda davom ettirilishi rejalashtirilgan.