Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o'qituvchilari Parkent tumanidagi 27-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurdilar.
Joriy yilning 23-aprel kuni G.Raxmonberdiyev nomidagi “Sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari V.K. Umarova va D.Sh.Xamdamovalar maktab bitiruvchilarini institut bilan tanishtirish va targ'ibot ishlarini olib borish maqsadida maktabga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida maktabdagi ta’lim jarayonlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va muassasaning umumiy faoliyati bilan yaqindan tanishilib, ularga institut infratuzilmasi, fakultetlar, yo'nalishlar va o'qish jarayonlari bo'yicha atroflicha ma'lumot berdilar.
Mazkur tashrif maktab bilan oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni, talabalarni institut bilan yaqindan tanishishlariga xizmat qiladi.