Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistratura bosqichi talabalarining amaliy mashg‘ulotlari “Chirchiq kimyo-industrial texnoparki” hududida faoliyat yuritayotgan xorijiy “KMITA POLYMERS” MCHJ korxonasida o‘tkazildi.

 2025-yil 2-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistratura bosqichi talabalarining amaliy mashg‘ulotlari “Chirchiq kimyo-industrial texnoparki” hududida faoliyat yuritayotgan xorijiy “KMITA POLYMERS” MCHJ korxonasida o‘tkazildi.

Mazkur tashrif doirasida magistrantlar ishlab chiqarish texnologiyalari bilan bevosita tanishish, o‘z sohasiga tegishli nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

  “KMITA POLYMERS” MCHJ korxonasi polietilen asosidagi plyonka mahsulotlarini – ya’ni moslashuvchan qadoqlash materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, u zamonaviy texnologiyalar, yuqori samaradorlikka ega uskunalar va xalqaro standartlarga mos ishlab chiqarish liniyalari bilan jihozlangan. 

Talabalar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, xom ashyo tayyorlash bosqichidan tortib, tayyor mahsulotlar qadoqlanishigacha bo‘lgan barcha texnologik bosqichlarni kuzatdilar, mutaxassislar bilan fikr almashib, texnologik qurilmalar, polimerlarning qayta ishlanishi, sifat nazorati tizimi va ekologik xavfsizlik talablari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bunday tashriflar talabalar uchun amaliy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi hamda ularni kelajakdagi professional faoliyatga puxta tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi