Toshkent kimyo-texnologiya institutida yangi kadrlarga suhbatning ikkinchi bosqichi o‘tkazildi
Toshkent kimyo-texnologiya institutida tyutor, psixolog va tarbiyachi-pedagog lavozimlariga nomzodlar bilan ishga qabul qilish bo‘yicha ikkinchi bosqich suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi
Ishchi guruh a’zolari quyidagi mezonlarga alohida e’tibor qaratdi:
Talabalar bilan ishlashdagi yondashuv va kommunikatsiya ko‘nikmalari
Pedagogik va psixologik savodxonlik darajasi
Kasbiy malakasi;
Psixologik tayyorgarligi;
Ta'lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligini tushunish darajasi;
Kreativ yondashuvi;
Individual ishlash qobiliyati;
Institut ma’naviy-ma’rifiy muhitiga moslashish salohiyati
Innovatsion fikrlash va tashabbuskorlik
Mazkur suhbat institutdagi tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, sog‘lom muhitni shakllantirish va tajribali mutaxassislar safini kengaytirish yo‘lida muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.