Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Institut Kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi

 2025-yil 30-iyun kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Institut Kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi

Unda institut rektori-Kengash raisi Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida soha prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o'qituvchilar hamda kengash a’zolari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda kun tartibidagi masalalar bo'yicha ma'ruzachilar o'z hisobotlarini o'qib eshittirdilar. Jumladan Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektori Qodirov Bobiromon Bekmurodovichning "Toshkent kimyo-texnologiya institutini 2025 yilda kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosi hamda bo‘linmalar faoliyati tahlili natijalari haqida" hisoboti, “Taʼlim sifatini nazorat qilish” boʻlimi boshligʻi Toʻrayev Tolib Bozorovichning "2024-2025 — o‘quv yili yakunida fakultetlardagi o‘quv jarayoni ijrosi va professor-o‘qituvchilar hisobotlarining muhokamasi haqidagi ma'ruzasi tinglandi.

Shuningdek yig'ilish davomida turli masalalar muhokama etildi.