Toshkent kimyo-texnologiya instituti talaba-yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
Talaba-yoshlarni harbiy sohalarga qiziqtirish, ularni vatanparvarlik va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari uchun Shayxontohur tumani 2-son Ichki ishlar bo‘limi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar harbiy qismlar va oliy harbiy ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Bu kabi tashabbuslar yosh avlodda milliy g‘urur, fuqarolik burchiga mas’uliyat va xizmatga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.