Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Hakaton” musobaqasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Hakaton” musobaqasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy izlanishlarga yo‘naltirish va ularni zamonaviy texnologiyalar asosida mustaqil ishlashga undash maqsadida tashkil etilgan “Hakaton” musobaqasining ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Musobaqaning dastlabki bosqichida jami 19 ta jamoa ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularga “Barqaror energiya manbalari va yashil texnologiyalar, energiya tejovchi va energiya tejovchi uskunalarni muqobillashtirish” mavzusi asosida loyihalarni ishlab chiqish topshirildi. Ishtirokchilarga taqdimotga tayyorgarlik ko‘rish uchun 3 kunlik muddat belgilandi.

Loyihalar hakamlar tomonidan baholab chiqildi va ularning orasidan eng yaxshi deb topilgan 5 ta jamoa final bosqichiga yo‘llanma oldi. Final bosqichida jamoalar o‘z loyihalarini taqdim etib, yakuniy natijalarga ko‘ra musobaqa g‘olibi aniqlanib, e’lon qilindi.

Mazkur tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori vazifasini bajaruvchi Shernayev Anvar Normamatovich, Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Nargiza Xodjayeva, institut "Yoshlar akademiyasi" lideri Mavlonboyev Samandar hamda final bosqichiga yo‘llanma olgan 5 ta jamoa vakillari ishtirok etdilar.

Shuningdek, hakam sifatida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professorlari Jo‘rayev Obid va Botirov Bozorbeklar ishtirok etib, taqdimotlarni baholashda o‘zlarining ilmiy-nazariy tajribalari bilan katta hissa qo‘shdilar.

“Hakaton” musobaqasi talabalarning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ilmiy-amaliy ishlanmalarni yaratish va barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi texnologiyalarni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.