Toshkent kimyo-texnologiya institutining Neft va gaz texnologiyalari fakultetida Ma'rifat darsi bo'lib o'tdi
Ushbu Ma'rifat darsida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gaz texnologiyalari fakulteti dekani L.Yusupova, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari J.Siddikov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Ma'rifat darsi davomida talaba-yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, ijtimoiy faolligi va ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini yuksaltirish hamda bo'sh vaqtlarini nazmunli o'tkazish yuzasidan suhbat olib borildi.
Shuningdek, ushbu dars doirasida yoshlarning huquqiy ongi va ma’naviy immunitetini mustahkamlashga qaratilgan muhim mavzularda ma’rifiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi.