Toshkent kimyo-texnologiya institutida, "O'zsuvta'minot" AJ hududiy suv ta'minoti xodimlari 2025-yil 2-guruhi uchun malaka oshirish kurslari yakunlandi.
Ushbu kurslarda tinglovchilarga ichimlik va oqova suvlaridan namunalar olish, zamonaviy uskunalardan foydalanish, eritmalar tayyorlash va zamonaviy usullarni o'zlashtirishga qaratilgan nazariy-amaliy darslar o'tildi. Darslar, Sanoat ekologiyasi kafedrasi hamda kafedralardan tajribali professor-o'qituvchilar tomonidan olib borildi.
Bugun, ushbu kursni muvafaqqiyatli tamomlagan tinglovchilar institutimizning Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo'yicha prorektori Qodirov Bobiromon Bekmurodovich tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.