Toshkent kimyo-texnologiya institutida startap loyihalar tanlovi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 4-dekabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi hamda O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida “ShHT – Kelajakning ijodiy g‘oyalari va tashabbuslari maydoni” startap loyihalar tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirda institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligidagi rahbariyat, “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Abduraxmanova Sanobar Maxammadaminovna, O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi rahbari Sobirov Qobuljon Qosimovich, Innovatsion rivojlan agentligidan Shukurov Samandar Shavkat o‘g‘li va Islomjon Baxromov Rustam o’g’li, xalqaro darajadagi olimlar, diplomatlar, professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.
Ushbu tanlov yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startap ekotizimini rivojlantirish hamda ShHT makonida ilmiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutida oʻtkazilgan “ShHT – Kelajakning ijodiy g‘oyalari va tashabbuslari maydoni” startap loyihalar tanlovining ochilish marosimi institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevichning kirish so‘zi bilan boshlandi.
Rektor oʻz nutqida tanlovning ahamiyati, yoshlarning innovatsion tafakkurini qo‘llab-quvvatlash va ularning ilmiy salohiyatini yanada kuchaytirish borasida fikr bildirdi.
Shuningdek, O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi rahbari Sobirov Qobuljon Qosimovich so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad va yuksak natijalar tiladi.
U ushbu tanlov yoshlar o‘rtasida ijodiy fikrlashni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi.
Talabalar o‘z startap loyihalarini taqdim etdilar
Toshkent kimyo-texnologiya institutida boʻlib oʻtgan “ShHT – Kelajakning ijodiy gʻoyalari va tashabbuslari maydoni” startap loyihalar tanlovining navbatdagi qismida turli texnik oliygohlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar sahnaga chiqib, oʻz startap loyihalarining taqdimotini amalga oshirdilar.
Ishtirokchilar 5–7 daqiqalik reglament asosida qurilish sanoati uchun yangi texnologiyalar, sun’iy intellektga asoslangan yechimlar, ekologik toza mahsulotlar yaratish, chiqindilarni qayta ishlash, aqlli tizimlar, qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish kabi dolzarb yo‘nalishlarda o‘z innovatsion g‘oyalarini namoyish etdilar.
Mazkur taqdimotlar yoshlarga o‘z ilmiy-ijodiy salohiyatini ko‘rsatish, xalqaro ekspertlar bilan fikr almashish hamda startap ekotizimida o‘z oʻrnini topish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

“ShHT – Kelajakning ijodiy gʻoyalari va tashabbuslari maydoni” startap loyihalar tanlovi g'oliblari taqdirlandilar.
Tanlov natijalariga ko'ra
1-o'rinni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabasi Inoyatova Halima;
2-o'rinni Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Isroilova Nilufar;
3-o'rinni Toshkent davlat agrar universiteti talabasi Abdukarimov Kamoliddinlar qo'lga kiritdilar.
Shuningdek Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari Sarimsoqov Javohir va Mirobitov Mirtora hamda Toshkent davlat agrar universiteti talabasi Xamrayeva Navro‘za 3ta nominatsiya bo'yicha g'olib deb topildi.
G'oliblarga ShHTning O'zbekistondagi Xalq diplomatsiyasi markazining direktori hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorining diplomlari va qimmatbaho sovg'alari topshirildi.
Bu kabi tadbirlar mamlakatimizda ijodiy fikrlashni rivojlantirish, yoshlarni innovatsiyalarga jalb qilish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida o'tkazilmoqda.
Kreativ iqtisodiyot, shubhasiz, mamlakatimiz iqtisodiy va madaniy rivojlanishida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.
Hamkorlarga tashakkurnomalar topshirildi
Toshkent kimyo-texnologiya institutida oʻtkazilgan “ShHT – Kelajakning ijodiy gʻoyalari va tashabbuslari maydoni” startap loyihalar tanlovi yakunida tadbirni samarali tashkil etish va amalga oshirishga munosib hissa qo‘shgan bir guruh hamkorlar institut rektorining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Tashakkurnomalar orqali ularning ilmiy-innovatsion muhitni rivojlantirish, yoshlarning ijodiy g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishdagi faol ishtiroki alohida e’tirof etildi.
Mazkur e’tirof tanlovning tashkilotchilari va hamkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.