Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Dolzarb 90 kun” doirasida “Karyera kuni” bo‘lib o‘tdi

 2025-yil 7-iyul kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Muvaffaqiyatli bandlik — sifatli ta’limning ishonchli kafolati!” shiori ostida, “Yoshlar bandligi oyligi” hamda “Dolzarb 90 kun” doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Karyera kuni” tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati, bitiruvchi yoshlar, “O‘zkimyosanoat” AJ kadrlar bo‘limi boshlig‘i Sirojiddinov Furqat Bahodirovich, Dehqonobod kaliy zavodi texnik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari To‘xtayev Saidoqil Saiazamovich, “Maksam-Chirchiq” kadrlar tayyorlash bo‘limi vakillari R.Ablanova va J.Anarbayev, Milliy metrologiya instituti bo‘lim boshlig‘i Najmiddinov Komoliddin Ravshanovich hamda kadrlar bo‘limining bosh mutaxassisi To‘raqulov Anvarali Ne’mat o‘g‘li va boshqa tashkilot vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida bitiruvchi talabalarning bandligi, ularning bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanishi, shuningdek, mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashishlari muhimligini ta’kidlab, tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalarni berdi.

Korxona vakillari esa o‘z chiqishlarida hozirgi mehnat bozoridagi holat, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan davlat dasturlari, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.