Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Talabalar bahori" haftaligiga start berildi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Talabalar bahori" haftaligiga start berildi.

2025-yilning 15-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakulteti faollar zalida "Talabalar bahori" haftaligiga start berildi.

Ushbu tadbirda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Institut boshlang'ich tashkiloti yetakchisi M.Bo'riyev, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni O'zbekiston yoshlar ittifoqi Institut boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Bo'riyev Murodjon kirish so'zi bilan ochib berib, ushbu haftalik davomida qanday sport musobaqalari hamda ko'ngil-ochar tadbirlar borligi va qanday tartibda o'tishi haqida batafsil ma'lumot berib o'tdi.

Dastur davomida institutning iqtidorli talabalari tomonidan ijro etilgan raqslar, jonli kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Tadbir mehmonlari va ishtirokchilari uchun talabalar istaklarini inobatga olgan holda karaoke dasturi ham tashkil etildi, bu esa tadbirga yanada samimiy muhit bag‘ishladi.