Toshkent kimyo-texnologiya institutida S.Otamuratov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ilmiy anjuman bo'lib o'tdi.
2025-yil 5-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Falsafa fanlari doktori, professor, Oliy ta’lim a’lochisi, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni sovrindori – jonkuyar ustoz-murabbiy Sadulla Otamuratov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ilmiy anjuman bo'lib o'tdi.
Unda Sadulla Otamuratovning yaqinlari, shogirdlari, olimlar, institut rahbariyati, professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Anjumanni institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so'zi bilan ochib berib S.Otamuratovga uzoq umr, yaqinlari va shogirdlariga bosh bo'lib yurishlarini tiladilar. Shuningdek Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Turobjonov Sadritdin Mahamaddinovich so'zga chiqib ustozga o'z dil izhorlarini yo'lladilar.
Anjuman davomida professor S.Otamuratovning yaqinlari, shogirdlari, olimlar hamda institut rahbariyati so'zga chiqib o'z tilaklarini bildirib, esdalik sovg'alarini taqdim etdilar.