Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Perm Milliy Tadqiqot Politexnika Universiteti (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasidagi uchrashuv bo’lib o’tdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Perm Milliy Tadqiqot Politexnika Universiteti (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasidagi uchrashuv bo’lib o’tdi.

2025-yilning 15-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Perm Milliy Tadqiqot Politexnika Universiteti Xorijiy talabalar fakulteti dekani, texnika fanlari nomzodi Salomatova Ekaterina Sergeyevna tashrif buyurdi.

Ushbu tarbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor v.v.b Shernaev Anvar Normamatovich, Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti boshlig’i Zebo Abdullayevna hamda Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i Uzakov Azizlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv ko’zlangan maqsadlari Ilmiy va akademik sohalarda hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, Talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Qo‘shma ta’lim dasturlarini (tarmoqli, qo‘shma diplomlar dasturi) joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda Magistratura 1+1, bakalavriat 2+2 formatlarida akademik mobillikdir.