Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Qozog‘istonning “AGT GLOBAL” MCHJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2025-yil 14-oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Qozog‘istonning “AGT GLOBAL” MCHJ vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Babaxanova Zebo Abdullayevna, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang'ich tashkiloti yetakchisi, rektorning yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi Bo'riyev Murodjon Ibragim o'g'li hamda “AGT GLOBAL” bosh direktori Abdraxmanova Gulnar Timurovna ishtirok etdilar.
Tomonlar o‘rtasida Milliy sport turi — “Tayoq tortish” (mass restling)ni yoshlar o‘rtasida rivojlantirish va ommalashtirish; Sport muhandisligi, sport menejmenti hamda sport ovqatlanishi yo‘nalishlarini ta’lim dasturlariga joriy etish; Iqtidorli talabalar uchun maxsus ta’lim kurslari va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Uchrashuv yakunida yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqotlar va sport sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.