Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Drezden texnika universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida 2025-yil 1-aprel kuni institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti bo'shligi Z.A.Babaxanova, Korxonalar va sanoat tarmoqlari departamenti boshlig‘i A.N.Shernayev, Doktorantura va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i A.B.Kamolov, Drezden texnika universiteti rektori Viktori Machtchernie, universitet professori Elena Klimova o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Drezden texnika universiteti bilan o'zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yangi ilmiy loyihalarni muhokama qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek TKTI, «О‘zsanoatqurilishmateriallari» assotsiatsiyasi hamda Germaniyaning yetakchi oliy ta'lim va ilmiy muasasalari o'rtasida ta'lim va tadqiqotlar sohasida hamkorlikni musotahkamlash, Qurilish materiallari sohasidagi so'ngi ilmiy ishlar va yangi ishlanmalar bo'yicha tajriba almashish, Qo'shma ilmiy loyihalarni muhokama qilish va ilmiy tashabbuslarni ishga tushirish, Xorijga professor-o'qituvchilarni yuborish va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.