Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh. Usmonov Talabalar turar joyida ochiq muloqot o‘tkazdi
Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarga bag‘ishlab ochiq muloqot tashkil qildi. Uchrashuv davomida rektor talabalar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ularning taklif va muammolarini tingladi.
Muloqot chog‘ida rektor o‘z murojaatida qayd etilgan masalalarga — yoshlarni giyohvandlik, zararli odatlar va narkojinoyatlardan asrash, sog‘lom muhitni mustahkamlash, ma’naviy hushyorlikni kuchaytirish kabi mavzularga alohida e’tibor qaratdi.
“Aziz yoshlar, sizning sog‘lig‘ingiz, toza fikringiz va bilimga bo‘lgan intilingiz – Vatanimiz taraqqiyotining poydevori. Hech qanday vasvasalarga aldanmang, o‘zingizni asrang”, — dedi rektor talabalar oldida.
Talabalar tomonidan ko‘tarilgan masalalar o‘rganib chiqilib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ul bo‘limlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Uchrashuv nihoyasida rektor hammani bir-biriga befarq bo‘lmaslikka, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga va TTJda ijobiy muhitni mustahkamlashga chaqirdi.
Shuningdek institutda narkojinoyatlarning olidini olish bo'yicha anonim murojaat qutisi tashkil etildi