Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xorijiy olimlar ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 27-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xorijiy olimlar ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Qatar Universiteti professori Dr. Kamel Eid ishtirok etdi va taqrizchilik faoliyatining dolzarb jihatlari haqida ma’ruza qildi.
Jumladan, ilmiy jurnallarda taqrizchi (reviewer) bo‘lish mezonlari, bu jarayonning afzalliklari hamda taqrizchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar keng yoritildi.
Tadbir interaktiv shaklda tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Seminar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun foydali bo‘ldi va ularni xalqaro ilmiy hamjamiyatga faol integratsiyalashuvga undadi.