Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetiga homkor korxona "AGROMIR" MChJ korxonasining Marketing bo‘limi xodimlari navbatdagi tashrifini amalga oshirdilar.

 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetiga homkor korxona "AGROMIR" MChJ korxonasining Marketing bo‘limi xodimlari navbatdagi tashrifini amalga oshirdilar.

Yurtimizda "Bliss" va "Meva" brendi bilan tanilgan sharbat va nektar mahsulotlari ishlab chiqaradigan yirik korxona vakillari bilan "Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari" fakultet dekani U.N. Baltabayev, "Karyera markazi" boshlig‘i A.Mirkomilov hamda "Enologiya va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi mudiri A.Boboyevlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Korxona vakillarining institutimizga tashrifidan maqsad korxonaning yangi ishlab chiqariladigan sharbatlarini degustatsiyadan o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, korxona bilan institut o’rtasida o’zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, dual ta'lim, xaq to'lanadigan amaliyotlarni tashkil etish va bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalari kelishib olindi. 

Tadbir Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti, Enologiya va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi talabalari o‘rtasida o‘tkazildi. Korxona vakillari degustatsiya jarayoni a’lo darajada tashkil etilganli uchun institutimiz rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.