15.01.2026 yil kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida ekologik aksiyalar va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirdan maqsad: Mahalla aholisida ekologik madaniyatni oshirish, Atrof-muhitni toza saqlashga bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytirish, Yoshlar va aholini jamoaviy hashar ishlariga jalb etishga qaratilgan.
Mazkur tadbirda institutning “Sanoat ekologiyasi va ‘Yashil’ texnologiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, faol talaba-yoshlar hamda ekovolontyorlar ishtirok etdilar.
Ekologik hashar davomida institutga yondosh bo‘lgan mahalla hududlarida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, hududlarda yo‘laklar, bolalar maydonchasi, ariqlarni chiqindidan tozalandi, to‘planib qolgan maishiy chiqindilar yig‘ishtirilib, belgilangan chiqindi tashlash joylariga olib chiqildi. Shuningdek, xazonlar tozalanib, maxsus ajratilgan hududlarga topshirildi. Aholi o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish va hududlarni ozoda saqlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Ushbu ekologik tadbirning o‘tkazilishi atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, yoshlar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni kuchaytirish, jamoaviy hamjihatlik