Toshkent kimyo- texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida "Dekan kubogi" ligasi doirasida o'g'il bolalar o'rtasida sportning fudbol turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.
Sport musobaqasini fakultet yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Dj.T.Sidikov ochib berdi va barcha jamoa ishtirokchilariga omad tiladi.
Musobaqadan ko'zlangan asosiy maqsad talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish sport turini ommaviyligiga erishish, madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Sport-bu nafaqat g'alaba, balki sogʻlom turmush tarzi, do'stlik va jamoaviylikni mustahkamlovchi kuchdir.
Musobaqa qizgʻin davom etib, quyidagi guruhlar gʻoliblikni qo'lga kiritishdi.
1-o'rin Finalistlar guruhi
2-o'rin To'fon guruhi
3-o'rin FC Bukhara guruhi talabalari egallashdi.
G'olib jamoa diplom hamda rektor kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.