2025-yilning 18-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Talabalar bahori" haftaligi doirasida shaxmat musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqada barcha fakultetlardan shaxmat sport turiga qiziquvchi talabalar qatnashdi. Unda quyidagi fakultet talabalari faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishdi.
1-o'rin Neft va gaz texnologiyasi fakulteti talabasi Pulatov Nurbekjon
2-o'rin Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti talabasi Ozodboyeva Ruxshona
3-o'rin Neft va gaz texnologiyasi fakulteti talabasi Sharifov Ja'far
Ma'lumot o'rnida haftalik doirasida o'tkaziladigan tanlov va musobaqalar g'oliblari 25-aprel kuni talabalar turar joyida bo'lib o'tadigan haftalik yopilish marosimida taqdirlanadilar.