2024-yilning 26-avgust sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga (TKTI), Ozarbayjon Respublikasining «Caspian Capital» va Naiqin Ko « Tovuz-Baltiya » MMC.BAS kompaniyasi hamda AJ “O‘zbekiston shampani” delegatsiyalari tashrif buyurdi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, institutning halqaro aloqalar boyicha prorektori Z.Babaxanova, korxona va tashkilotlar bo'yicha prorektori A.Shernaev, dekan va kafedra mudirlari, «Caspian Capital» kompaniyasi asoschisi Elxan Pashayev va bosh direktor Mammadhasanov Naiq, “O‘zbekiston shampani” АО kompaniyasi bosh direktor Abbosov Ilhom, bosh texnolog Sodiqov Zokir ishtirokida uch tomonlama uchrashuvlar bo’lib o’tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.08.2023 yildagi PQ-260-son-qarori 3-ilova "2023 — 2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sanoatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha yo'l xaritasi” 11-bandiga asosan TKTI talabalari va O‘zbekiston shampan vino zavodi xodimlarining Ozarbayjondagi zamonaviy vinochilik bilan shug'ullanadigan ishlab chiqarish korxonalarida qisqa muddatli amaliyot o‘tashlarini tashkil etish, hamda qo'shma dasturlar asosida muhandislarni tayyorlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv natijalariga ko’ra “O‘zbekiston shampani” АО kompaniyasi, Naiqin Co Tovuz-Baltia MMC.BAS va Toshkent kimyo-texnoloya instituti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Rejada sentabr-oktabr oylarida uzumchilik va vinochilik yo‘nalishi bo‘yicha taxsil olayotgan talabalarni Ozarbayjon Respublikasiga amaliyot o'tish uchun yuborish kelishilgan.