Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid tadbir tashkil etildi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid tadbir tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamkorlikda “Bezorilik hamda hayot va sogʻliqa qarshi jinoyatlarning oldini olish”, "Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy tarqalishi oldini olish", "Kiber jinoyatlarni barvaqt oldini olish" mavzularida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi podpolkovnik G'.Mamatqulov, Toshkent shahar IIBB EKM boshlig'i o'rinbosari mayor E.Odinayev, EKM katta inspektori R.Gulmirzayev, institut profilaktika katta inspektori podpolkovnik A.Jumanov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari J.Sidikov, Sh.Begmatov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Mas'ullar tomonidan talabalarga jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, sodir etilgan jinoyatlar uchun qonunda belgilangan javobgarliklar haqida batafsil ma'lumot berishdi.

Tadbir so'ngida talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.