Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti professor o‘qituvchilari Toshkent viloyati, Parkent tumani 7-umum ta’lim maktabiga tashrifi buyurishdi

 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti professor o‘qituvchilari Toshkent viloyati, Parkent tumani 7-umum ta’lim maktabiga tashrifi buyurishdi. 

Toshkent viloyati, Parkent tumani 7-umum ta’lim maktab tadbirida Biotexnologiya hamda Enologiya va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi professor o‘qituvchilari hamda maktab ma’muriyativati va o‘qituvchilari ishtirok etdi. Dastlab maktab direktori X.X.Ma’rupov so‘zga chiqib kirish so'zi bilan boshladi va yig'ilish qatnashchilarini kun tartibidagi masala va tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng Biotexnologiya kafedrasi mudiri A.M.Normatov uchrashuvlarning asosiy maqsadi maktab o’quvchilariga institutning dasturlari, yo’nalishlari va afzalliklari haqida, o’quvchilarning qiziqishlarini aniqlash va ularga mos ta’lim yo’nalishlarini taklif qilish, qabul jarayoni: Imtihonlar va testlar (masalan, OTM testlari, til sertifikatlari), hujjatlar to’plami va ularni topshirish tartibi, grantlar va stipendiyalar, to’lov-kontrakt shartlari va chegirmalar, Karyera imkoniyatlari, bitiruvchilarning ishga joylashuvi va xalqaro stajirovkalar, hamkorlikdagi xorijiy universitetlar va akademik almashinuv dasturlari, ta’lim sifati, infrastrukturasining rivojlanganligi va talabalarning hayot sharoitlari haqida batafsil axborot berildi. 

Shundan so‘ng Enologiya va bijg‘ish mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi dotsenti P.R.Sharipov so‘zga chiqib institutda yangi ochilayotgan ta’lim yo‘nalishlari talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy laboratoriyalar, talalabalar turar joylari, yaratilgan sharioitlari, a’lo baholarga o‘qigan talabalar uchun institutning atoqli olimlar stipendiantlari, qo‘shma ta’lim haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

O‘tkazilgan master-klasslar, savol-javob va shaxsiy muloqot kabi formatlarda tashkil etilib, maktab ma’mutiyati va o‘quvchilari uchun katta qiziqish uyg‘otdi. Shundan so‘ng maktab direktori tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilarga va institut rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirib maktab bilan hamkorlik qilish istagini bildirib va innovatsion yondashuvlar kabi strategiyalarni amalga oshirishlari lozimligini ta’kidladi.