Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xorijiy olimlar bilan ilmiy suhbat bo‘lib o‘tdi
2025-yil 27-may kuni Kimyoviy injiniring fakultetida xorijiy olimlar ishtirokida navbatdagi ilmiy suhbat bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Braziliyadan tashrif buyurgan 4 nafar olim, Fransiyalik professor hamda taniqli tadqiqotchi Dr. Kamel Eid qatnashdi. Uchrashuv davomida ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini aniqlash, Q1 toifadagi jurnalning maxsus sonini tayyorlash, xalqaro konferensiyalarni tashkil etish hamda doktorantlar uchun xorijiy hamkor rahbar (co-supervisor) belgilash kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Ushbu ilmiy muloqot professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va yosh olimlar uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.