Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti masullari bilan hamkorlikda besh muhim tashabbus doirasida voleybol sport turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

Shayxontohur tumani Jangoh, Hadra hamda Shayxontohur mahallalariidagi yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yoshlarni madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik, IT yo‘nalishlari bo‘yicha iqtidorlarini kashf etish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 25-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti masullari bilan hamkorlikda besh muhim tashabbus doirasida voleybol sport turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

Ushbu musobaqada Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari dekan o‘rinbosari Sh.Begmatov, fakultet tyutori Muhammedov Jamoliddin hamda mahalla yoshlari faol ishtirok etishdi.