Toshkent kimyo-texnologiya institutining „Oziq-ovqat texnologiyasi‟ yoʻnalishi OOTK24-07 guruhi talabasi Isayeva Suluxan Tangirbergen qizi Erasmus+ dasturi doirasida grant sohibasi boʻldi.
Ayni paytda Suluxan Vengriyaning Debretsen universitetida talabalar almashinuvi dasturi asosida 2025-yil bahor semestri davomida oʻqishni muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.
Institut rahbariyati talabamizni ushbu yutuq bilan tabriklaydi hamda unga kelgusida ham akademik muvaffaqiyatlar va kasbiy rivojlanish tilaydi.