Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Inklyuziv media klubi” tashkil etildi
2026-yil 13-yanvar kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Axborot xizmati huzuridagi Media markazda “Inklyuziv media klubi”ning ilk yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda rektorining Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Matbuot kotibi Egamnazar Abdulboqiyev va klub a'zolari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida inklyuziv ta’lim va mediasavodxonlikni rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan talabalar ishtirokida media kontentlar tayyorlash hamda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur qarorda belgilangan topshiriqlar asosida ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish kelgusidagi ustuvor vazifalar sifatida belgilab olindi. Shuningdek klub faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun klub rahbarligiga nomzod tanlab olinib institut rahbariyatiga tavsiya etildi.
Inklyuzivlik — teng imkoniyatlar sari muhim qadam!