Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida ijarada yashovchi talabalar sharoitlari o‘rganildi.

 Toshkent kimyo-texnologiya institutida ijarada yashovchi talabalar sharoitlari o‘rganildi.

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor B.N. Boborajabov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul rektor maslahatchisi A.R.Erkayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R.T.G‘oziyev, Neft va gaz texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.Sh.Zulyarova hamda fakultet tyutorlari ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar holidan xabar olishdi.

Tashrif davomida talabalar yashayotgan uylaridagi umumiy sharoitlar, tozalik, qulaylik, yashash uchun zarur vositalar mavjudligi sinchkovlik bilan o‘rganildi. Jumladan, xonadonlardagi isitish tizimlari, elektr jihozlari hamda sanitariya-gigiyena holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mutasaddilar tomonidan talabalarga yong‘in xavfsizligi qoidalari yana bir bor batafsil tushuntirildi. Elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, isitish vositalarining xavfsizlik talablariga amal qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda o‘zini tutish qoidalari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv jarayonida talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari, muammolari va ehtiyojlari o‘rganildi. Talabalarning taklif va fikrlari tinglanib, mavjud masalalarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur tashrif institut rahbariyatining talabalar hayotiga befarq emasligini, ularning nafaqat ta’lim jarayoni, balki yashash sharoitlari va ma’naviy-ma’rifiy muhitini ham doimiy nazoratda ushlab kelayotganini yana bir bor namoyon etdi.