Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalar turar joyida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostida “Kiberxavfsizlikka qarshi kurashish bo‘yicha davra suhbati” o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda TKTIning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Gulnora Aripova, fakultetlar dekanlarining maslahatchilari, profilaktika inspektori A.Jumanov hamda TTJ mas’ullari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida talabalarga sog‘lom turmush tarzi, kiberxavfsizlik madaniyati, raqamli makonda xotin-qizlarni himoya qilish, yoshlar ongida sog‘lom odatlarni shakllantirishning dolzarbligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning qiziqishlari va savollariga atroflicha javoblar berildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarni ongli tanlov qilish, hayot sifatini oshirish, sog‘lom turmush tarziga intilish hamda raqamli xavfsizlikka nisbatan mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishga xizmat qildi.