Ijtimoiy tarmoqlar

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTIDA XALQARO QISHKI MAKTAB FAOLIYATI DAVOM ETMOQDA

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTIDA XALQARO QISHKI MAKTAB FAOLIYATI DAVOM ETMOQDA

Toshkent kimyo-texnologiya institutida 11–18-dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Toshkent: madaniyatlar uyg‘unligi, ma’rifat va ta’lim” mavzusidagi “Xalqaro qishki maktab” 2025-yil 12-dekabr kuni rasman o‘z ishini boshladi. 

Ochilish marosimi qishki maktab ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan boshlandi, qishki maktabning birinchi kunida Qirg‘iz Respublikasi Osh davlat universitetidan tashrif buyurgan mehmonlar — OshDU Xalqaro aloqalar instituti EFKTiAT direktor o‘rinbosari, biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.A.Boronbaeva, kimyo fanlari nomzodi, dotsent M.Mirzaeva, OshDU “Tillar” kafedrasi mudiri, p.f.n., dotsent Ch.A.Tinibekova, f.f.n., dotsentlar K.Sh.Chotukeyeva, T.J.Isakova, shuningdek professor-o‘qituvchilar, magistrlar va talabalar ishtirok etdilar.

bilan birga, tadbirda TKTI Akademik faoliyatni boshqarish prorektori T.T.Safarov, Xalqaro aloqalar va transformatsiya prorektori O.E.Ziyadullayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.A.Babaxanova, Oziq-ovqat va vino texnologiyalari fakulteti dekani A.M.Normatov, “Tillar” kafedrasi mudiri K.D.Davlatov, dotsentlar G.N.Tavaldiyeva, R.U.Torejanova hamda boshqa professor-o‘qituvchilar va talabalar qatnashdilar.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan T.T. Safarov qishki maktabni rasman ochib, ushbu xalqaro loyiha ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ta’limiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi hamda ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi, O.E.Ziyadullayev esa mehmonlarni TKTI va institutning bugungi faoliyati bilan tanishtirdi.

“Tillar” kafedrasi dotsenti G.N.Tavaldiyeva“Toshkent: madaniyatlar uyg‘unligi, ma’rifat va ta’lim” mavzusida ma’ruza qilib, O‘zbekiston tarixi, mustaqil davlatimizning xalqaro va ta’lim siyosati, o‘zbek madaniyati hamda O‘zbekiston–Qirg‘iziston qardoshlik aloqalarihaqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, OshDU dotsenti A.A.Boronbayeva ishtirokchilarni tabriklab, qirg‘iz–o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlariga to‘xtaldi, Ch.A.Tinibekova “Osh davlat universitetining tarixiy taraqqiyoti va zamonaviy missiyasi” mavzusida ma’ruza qilib, ishtirokchilarni OshDU faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.

“Tillar” kafedrasi mudiri K.D.Davlatov esa qishki maktab doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi kafedralari o‘rtasida xalqaro hamkorlik shartnomalarini tuzish istiqbollari haqida fikr bildirdi.

Xalqaro qishki maktab — bilim, tajriba va madaniyatlar uyg‘unligi maydoni!