Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistrantlari uchun o‘quv mashg‘ulotilari “Chirchiq kimyo-industrial texnoparki” hududida faoliyat yuritayotgan “Rhodium Polymer” MChJ QK korxonasida amaliy seminar shaklidagi tashkil etildi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistrantlari uchun o‘quv mashg‘ulotilari “Chirchiq kimyo-industrial texnoparki” hududida faoliyat yuritayotgan “Rhodium Polymer” MChJ QK korxonasida amaliy seminar shaklidagi tashkil etildi.

“Rhodium Polymer” MChJ QK korxonasi Markaziy Osiyo mintaqasida kengaytirilgan ko‘pikli polipropilen (EPP – Expanded Polypropylene) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yagona sanoat korxonasi hisoblanadi. Ushbu materialning yengil vazni, zarbaga chidamliligi, issiqlik izolyatsiyasi va qayta ishlanish imkoniyati kabi afzalliklari tufayli u sanoatning turli sohalarida keng qo‘llaniladi. 

Korxona hozirda quyidagi asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqaradi:

- ramkasiz mebellar, ayniqsa bolalar uchun mo‘ljallangan xavfsiz va ergonomik dizayndagi mahsulotlar;

- avtomobilsozlik sanoati uchun zarbaga bardoshli, yengil va energiyani yutuvchi ehtiyot qismlar hamda aksessuarlar;

- uy-ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan turli xil funksional buyumlar.

Mazkur amaliy dasrs doirasida magistrantlar “Rhodium Polymer” korxonasining ishlab chiqarish texnologiyalari, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan texnologik liniyalari hamda umumiy ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu tashrif talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish va kelajakdagi kasbiy faoliyatlariga tayyorgarlik ko‘rishlariga muhim turtki bo‘ladi.