Toshkent kimyo-texnologiya instituti Tillar kafedrasi mudiri K.D.Davlatov hamda kafedra katta oʻqituvchilari H.S.Sodiqov, K.A.Ikramovalar 21-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumiga oʻquvchi yoshlarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida texnikum direktori Nargiza Batiraliyevna bilan ham uchrashib, Tillar kafedrasida tahsil olayotgan professional taʼlim yoʻnalishi talabalari bilan birgalikda oʻzaro dual taʼlimni ham yoʻlga qoʻyish kelishib olindi.
Uchrashuv davomida texnikum oʻquvchilariga institutimiz haqida batafsil maʼlumotlar berildi.