Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Slovakiya Respublikasining Bratislava iqtisodiyot va menejment universitetidan delegatsiya tashrif buyurdi.

2025-yilning 11-avgust sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Slovakiya Respublikasining Bratislava iqtisodiyot va menejment universiteti Biznes rivojlanishi va raqamli transformatsiya bo‘yicha prorektori Michal Fabus va Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Marian Kovac tashrif buyurdilar. TKTI tomonidan akademik faoliyat bo'yicha prorektor T.Safarov, Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo'yicha prorektor B.Qodirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor v.v.b. A.Shernayev, Xalqaro hamkorlik va protokol bo‘limi boshlig‘i S.S.Saidaxmadov va boshqa mas'ullar ishtirok etdilar

Uchrashuvda Slovakiya Respublikasining Bratislava iqtisodiyot va menejment universiteti bilan Saonat menejmenti, Iqtisodiyot va boshqa mos ta’lim yo'nalishlarida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari va imkoniyatlar muhokama qilindi. Shuningdek hamkorlik memorandumiga asosan Erasmus+ akademik mobillik dasturi bo'yicha talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvi, qo'shma ta'lim daturlarini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.