2025-yilning 14-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy inginiring fakultetida “Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi” kafedrasi dotsenti t.f.n D.Ya.Yuldashov tashabbusi va kafedra professor-oʼqituvchilari tomonidan Rossiya Federatsiyasining Kareliya Guberniyasi "RBK" kompaniyasi vakillari D.G.Zubkov va S.V.Аlimpiev hamda Oʼzbekiston Respublikasidagi shina va rezina texnik buyumlar ishlab chiqaruvchi ayrim yirik korxona “BRZ” , “QXS” direktorlari t.f.n G'.I.Ibragimov, t.f.n A.X.Hamidov va boshqalar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir markazida mavjudligi, kimyoviy tarkibi, tuzilishi va xossasi jihatdan yer yuzida yagona boʼlgan shungit dispersion organo-mineralini turli kompozitsion materiallarda oʼrganish va sohalarga tadbiq etish masalasi muhokama qilindi.